2008-02-16

Xudo qudrati bilan saqlanish

1-Butrus 1:5 “Oxirzamonda ochiq ko'rinishga tayyor bo'lgan ulug' najotga e'rishmog'ingiz uchun, imoningiz tufayli, Xudoning qudrati bilan qo'riqlanmoqdasizlar”.

Bu oyatda qaytadan tug'ilgan imonlilar haqida gap ketyapti. Butrus o'z maktubining shu bobida najot topgan odam qanday manfaatlarga e'ga bo'lishi haqida yozyapti. Shu manfaatlardan biri bu imonlining osmondagi merosidir. Shu merosni Xudovand O'zi qo'riqlab turadi, deydi. Imonli shu manfaatlarni ishonch bilan qabul qiladi va saqlaydi. Butrus bu haqda juda yaxshi bilar e'di. Bir necha marta u Xudoga itoatsizlik qilgan bo'lsa ham, baribir shu baliqchi Xudoga xizmat qilishda davom e'tdi. E'ndilikda imon yo'lida u cho'loqlanib, zo'rg'a qadam bosmayapti, balki Xudoning shuhrati bilan butunlay o'zgarib, ulug' havoriyga aylandi va mana shu maktbuni yozib qoldirdi. Butrus bizga “To'xtab qolmanglar, ishonchni tashlab ketmang” deyapti.

Agar Xudo kuch-qudratni berib turmasa, kishi imonda tura olmasligini Butrus bilardi. Xudoning qudrati bilan qo'riqlanmoqchi (saqlanmoqchi) bo'lgan har bir imonli unga berilgan ishonchni parvarish qilishi kerak.

Ishonch to'g'ri yo'nalishga e'ga bo'lishi kerak

Xudoda kuch-qudrat ko'p va uni bizga berishi mumkin, lekin Xudo faqat ishonch orqali shu qudratni bizga berishni tanladi. Shu fikrni yaxshilab tushunib olishimiz kerak. Kuch-qudrat faqat Xudoga tegishlidir; shu qudrat Xudodan chiqib bizga kelishi kerak, chunki biz muhtoj insonlarmiz. Imonda chindan ham komil bo'layotgan kishi buni juda yaxshi tushunadi. Har kuni bunday kishi yanada ko'proq Xudoga bog'liq va tobe bo'lib qoladi. Unga kerak narsalarni qabul qilishi uchun imonlida ishonch mavjud bo'lishi kerak va ishonchi bilan Xudoning qudratini olishi kerak. Lekin shuni aytish kerakki, ishonch to'g'ri yo'nalishga qaratilgan bo'lishi kerak. Keling, shuni tushuntirib beray.

Biz har kuni turli xil yo'llar bilan ishonchimizni ko'rsatamiz. Biz stulga o'tirishdan oldin u bizni ko'tararmikan, deb uni tekshirib ko'rmaymiz. Biz ishonch bilan stul ustiga o'tiramiz. Yoki moshinani yurg'izmoqchi bo'lganimizda kalitni buraymiz va moshina ishlaydi, deb ishonamiz. Shunday oddiy ishlarda ham biz ishonchimizni ko'rsatamiz (ishlatamiz). Biroq bunday narsalarga ishonish Xudo qudratini bizga etkazmaydi. Biz o'z ishonchimizni faqat Xudoning Najot rejasiga qaratishimizni Xudo xohlaydi. Bu rejani Iso Masih xochda amalga oshirgan e'di. Shuning uchun ishonchimiz doim Masihning xochdagi yakunlangan ishiga qaratilgan bo'lishi kerak. Faqat shunday ishonch Xudoga manzur bo'la oladi (Ibroniylarga 11:6). Faqatgina shunday ishonchga javoban osmondan Xudoning qudrati imonliga beriladi.

Xudo ichingizda amal qilmoqchi

Filippiliklarga 2:13-oyatda shunday deyilgan: “Zotan Xudoning O'zi sizlarning vujudingizda amal qiladi, U O'z murod-maqsadini ado e'tishingiz uchun sizlarda xohishni ham, harakatni ham tug'diradi.” Shu oyatga e''tibor bersangiz, imonli kishi ichida Xudo amal qiladi yoki ishlaydi, deb yozilganini ko'rasiz.

Yana boshqa oyatga qarasak: Filippiliklarga 1:6“Xudo sizlarda boshlagan xayrli ishini to Iso Masihning keladigan kunigacha tamom qilishiga aminman.” Bu erda ham shuni ko'rsak bo'ladiki, Xudoning O'zi harakat qiladi va boshlagan ishini yakunlaydi (tamomlaydi). Lekin Xudo har qanday kishi ichida amal qilmaydi. Ishonchini Masih xochiga qaratgan har bir imonli kishi ichida Xudo doim ishlaydi va amal qiladi. Biz Isoning yakunlangan ishiga ishonsak (Isoning O'zi xochda “amalga oshdi yoki yakunlandi” degan e'di), Xudo ichimizda ishlaydi, bizni saqlaydi, quvvatlaydi va qo'riqlaydi. Aynan mana shunday yo'l bilan imonli kishi “Xudo qudrati bilan qo'riqlanadi yoki saqlanadi”.

No comments: