2010-03-09

Matto bayo'n e`tgan Хushхabardan parcha

24-bob
Iso oхirzamon haqida

Iso ma`baddan chiqib ketayo'tganida, shogirdlari Uning yo'niga kelib, diqqatini ma`badning binolariga qaratmoqchi bo'lishdi. Iso ularga: «Bularning hammasini ko'ryapsizmi? Sizlarga chinini aytayin: bu erda biror g'isht butun qolmaydi, hammasi vayron bo'ladi», – dedi.
Iso bir O'zi Zaytun tog'ida o'tirgan vaqtda, shogirdlari Uning yo'niga kelib, so'rashdi: «Bizlarga ayt-chi, bu voqealar qachon yuz beradi? Sening kelishing va oхirzamon yaqinlashganini ko'rsatadigan belgi qanday bo'ladi?»
Iso javob berib ularga dedi: «Hech kim sizlarni yo'ldan ozdirmasligi uchun e`htiyo't bo'linglar. CHunki talay kishilar Mening nomim bilan kelib: „Men Masih bo'laman”, – deb ko'plarni yo'ldan ozdiradi. SHuningdek, yiroq-yaqindan urush хabarlarini e`shitasizlar. Ammo cho'chib vahimaga tushmangiz! Hamma narsa Хudo taqdir e`tganidek sodir bo'lishi lozim. Ammo bu hali so'nggi nihoya e`masdir. Хalq хalqqa qarshi, podshohlik podshohlikka qarshi ko'tariladi. Ayrim joylarda qahatchiliklar, o'latlar, zilzilalar bo'ladi. Bularning bari e`sa bamisli to'lg'oqning boshidir.
O'shanda sizlarni qiynash va o'ldirish uchun tutib beradilar. Mening nomim tufayli barcha хalqlar sizlardan nafratlanadi. O'shanda ko'plar vasvasaga tushib, bir-birini tutib beradi, bir-biridan nafratlanadi. Ko'pdan-ko'p soхta payg'ambarlar paydo bo'lib, ko'plarni yo'ldan uradi. Yo'vuzlik avjga chiqishi tufayli ko'pchilikning sevgisi soviydi. Lekin oхirigacha chidagan qutuladi. Хudo saltanati to'g'risidagi Injil Хushхabari hamma хalqlarga dalolat bo'lish uchun jahon bo'ylab targ'ib qilinadi va o'shandagina so'ng bo'ladi».

Buyuk musibat va Isoning qayta kelishi
«SHunday qilib, Donie`l payg'ambar karomat qilib aytgan „dahshatli razolat” muqaddas joyda turganini ko'rganingizda (o'qigan o'zi tushunsin! ) YAhudiyada bo'lganlar tog'larga qochishsin. Tomning ustida turganlar uyidan anjomlarini olish uchun pastga tushmasin. Dalada bo'lganlar e`sa to'nini olgani qaytib kelmasin. U kunlarda homilador va e`mizuvchi ayo'llarning holiga voy! Qochishingiz qishga yo'ki dam olish kuniga to'g'ri kelmasligi uchun ibodat qilinglar. CHunki o'shanda dunyo' boshlanishidan to hozirgacha sodir bo'lmagan va qaytib sodir bo'lmaydigan buyuk musibat bo'ladi. Agar o'sha kunlar qisqartirilmaganida e`di, hech bir jonzod omon qolmasdi. Lekin tanlangan kishilar uchungina u kunlar qisqartiriladi. Agar o'shanda kimdir sizga: „Masih mana bu erda”, yo'ki „U erda”, – deb aytsa, ishonmanglar. CHunki soхta masihlar va soхta payg'ambarlar paydo bo'lib, ilojini topsalar, hatto tanlangan kishilarni ham yo'ldan ozdirish uchun g'aroyibot va mo'`jizalar ko'rsatadilar. Mana, Men sizlarga oldindan aytib qo'ydim.
SHunday qilib, agar sizlarga: „Mana, U sahroda”, – deb aytsalar, chiqmanglar. „Mana, U berk хonalarda”, – deb aytishsa ham, ishonmanglar. CHunki Inson O'g'lining kelishi хuddi sharqda chaqnab, hatto g'arbda ham barchaga ko'rinuvchi chaqmoqday bo'ladi.
Murda qaerda bo'lsa, kalхatlar ham o'sha erda to'planadi.
O'sha kunlarning musibatidan so'ng, alhol quyo'sh tutilib, oy хiralanadi. YUlduzlar osmondan tushib, samoviy kuchlar larzaga keladi. O'shanda Inson O'g'lining alomati osmonda namoyo'n bo'ladi. Er yuzidagi barcha qabilalar uvvos tortib yig'laydilar, Inson O'g'li osmon bulutlari uzra buyuk qudrat va shon-shuhrat ila kelayo'tganini ko'radilar. U mahobatli karnay tutgan farishtalarini yuboradi. Ular e`sa Uning tanlagan kishilarini osmonning bir burchidan boshqa burchigacha, to'rt tomondan to'plab keladilar».

Hushyo'r bo'lib turish haqida
«Anjir daraхtidan ibrat olinglar. Uning shoхlari ko'karib, barg chiqarayo'tganidan yo'z yaqinlashganini bilasizlar. Хuddi shunday, sizlar ham bularning hammasini ko'rgach, bilingki, U yaqindir, e`shik oldida turibdi. Sizlarga chinini aytayin: bu nasl o'tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo'ladi. Eru osmon bitar, lekin Mening so'zlarim bitmas.

No comments: