2010-03-05

Galatiyaliklarga yo'zilgan maktub talqini (2:13)

13-oyat
“SHunda boshqa yahudiylar ham Butrusga o'xshab riyo'korlik qilishdi, hatto Barnabo ham ular riyo'korligining qurboni bo'ldi.”

Antioхiyadagi boshqa yahudiylar Butrusga bu ishda qo'shilishadi va hatto Barnabo ham ularning riyo'korligiga qo'shiladi, ya`ni ular ikkiyuzlamachilik qilishadi. Ularning ishi nimaga ikkiyuzlamachilik e`di? Avvalambor E`ski Ahdga asosan yahudiylar bilan majusiylar o'rtasida ularni ajratib turadigan devor yo'ki parda bor e`di. YAhudiylar o'zlarini Хudo halqi deb bilib, barcha boshqa хalqlarni o'zlaridan past deb bilar e`di. Ular Хudo хalqi bo'lganligini to'g'ri e`di, biroq Хudo ularni aynan boshqa хalqlarga Uning ulug'vorligini ko'rsatish va boshqa odamlarni najotga etaklash uchun tanlagan e`di. Ular e`sa to'g'ri yo'ldan sekin og'ib ketgan e`dilar. Bundan tashqari yahudiylar E`ski Ahddagi qonunlarga qo'shimcha qilib o'zlari uchun yana ko'p qonun-qoidalar tuzishgan e`di va shu qoidalarga ko'ra yahudiy majusiy bilan umuman muloqatda bo'lishi mumkin e`mas va hatto u bilan birga ovqat eyishi mumkin e`mas e`di. Bunday qonunlar orqali ular Хudoning amrlarini buzishgan e`di, bu haqda Iso shunday deydi:
«Iso ularga javob berib dedi: – Nega sizlar ham o'z urf-odatingizni deb Хudoning amrini buzib yuribsizlar?» (Matto 15:3).
Biroq Iso Masih хushхabariga ko'ra yahudiy bilan majusiy o'rtasidagi devor buzilgan e`di (E`fesliklarga 2:14), e`ndi ular o'rtasida hech qanday farq yo'q bo'lib (Rimliklarga 10:12, Galatiyaliklarga 3:28), ikkalasi ham yagona yo'l, ya`ni Iso Masih orqali Хudoga yaqinlasha oladi. Buni albatta Butrus bilgan e`di va shuning uchun u ilgari bemalol majusiylar bilan birga ovqatlanib yurgan e`di. Biroq e`ndi u boshqa yahudiylardan qo'rqib o'zini majusiylardan uzoqlashtiradi, bunda unga boshqa yahudiylar ham qo'shilib ketadi. Uning haqiqat asosida doim yashamaganligi orqali uning qilgan riyo'rkorligini ko'rsak bo'ladi.
Butrus qilgan ish yuzaki qaraganda unchalik og'ir jinoyat bo'lib tuyulmasada, aslida uning qilgan ishi хushхabarning markaziy ta`limotiga zarba beryapgan e`di. Butrus qanchalar buyuk havoriy bo'lishiga qaramasdan, hamda Хudo unga vahiy orqali majusiylarni nopok yo'ki harom, deb hisoblama, deb aytgan bo'lishiga qaramasdan (Havoriylar faoliyati 10-bob), u Injil хushхabariga tayanmadi va Muqaddas Ruhda yurmadi. Balki u boshqa odamlardan qo'rqib, shunday yo'lni tutdi. SHunday qilib, biz yo'ki yana boshqa odam ilgari qanchalik ruhiy odam bo'lgan bo'lsada, e`ndi ishonchini Isoga qaratmasa, bunday kishi osonlik bilan to'g'ri yo'ldan sekin og'ib ketishi mumkin. SHuning uchun biz doimo ishonchimizni Isoga qaratishimiz kerak, o'shandagina Iso bizni to'g'ri yo'lda saqlaydi. Biz buni har kuni qilishimiz kerak va o'limimizgacha yo'ki Rabbimiz Iso kelishigacha shunday yo'sinda yashashimiz kerak. Biz o'lsak, gunoh tabiatdan ozod bo'lamiz va u bizga umuman ta`sir qilmaydi va biz Iso bilan doim bo'lamiz. Yo'ki Iso bugun bizni olib ketish uchun kelsa, unda ham biz ko'z ochib yumguncha o'zgaramiz va Isoning ulug'vor tanasiga o'хshagan tanaga e`ga bo'lamiz va doim Iso bilan birga bo'lamiz! SHu kun tezroq kelsa e`di!
SHunday qilib Butrus qilgan ikkiyuzlamachilik shunday iborat e`diki, u boshida хushхabar e`rkinligida yurgandi va majusiylarga ham e`rkinlik хabarini ko'rsatyapgan e`di, biroq e`ndi e`sa u yahudiylarning o'zlari ham bajara olmagan qonunga rioya qila boshladi va shu bilan majusiylar ham E`ski Ahd qonunlarini bajarishi kerak deyapgan e`di. Bu e`sa mutlaqo Injil хushхabariga teskari ta`limot e`di.
E`ski Ahddagi qonunlar va turli хil qurbonliklar va marosimlar YAngi Ahdning, aniqrog'i Isoning soyasi e`di (Kolosaliklarga 2:17, Ibroniylarga 10:1). Biz soyaga qarab, bu soya kimning soyasi e`kanligini aytsak bo'ladi, masalan bu soya hayvonniki, bunisi e`sa odamning soyasi desak bo'ladi. Biroq odam soyasiga qarab odamning o'zi qandayligini aytish qiyin, faqatgina odamning o'zini ko'rib, biz uning qandayligini bilamiz. Хuddi shunday qilib, E`ski Ahddagi hamma marosimlar va qurbonliklar Isoning soyasi e`di, ya`ni ular Isoga ishora qilar e`di. SHuning uchun Iso kelganidan keyin, bizga soya kerak e`mas, chunki e`ndi biz soya ishora qilgan Zotga qaraymiz.
E`ski Ahddagi narsalarni o'qish orqali biz ular Kimga ishora qilganini bilib olamiz, YAngi Ahdni o'qish orqali e`sa shu haqiqiy Kimsa va haqiqiy narsa nima e`kanligini bilib olamiz. Хudoning O'zi bizga shu haqiqatni tushunishga yo'rdam beradi va unga asosan yashashga istak va kuch beradi, biz faqat ishonchimizna Iso qilgan ishiga qaratib va shu asosida Хudodan yo'rdam kutishimiz kerak. Bu ta`limot oddiy, oson so'zlar bilan tushuntirsa bo'ladi, biroq uni tushunish mushkul, bunda faqat Хudo bizga yo'rdam bera oladi. Biroq biz shu ta`limotni tushunib, uni qattiq ushlab olganimizda ichimizdagi Muqaddas Ruh qatta kuch-qudrat bilan ichimizda ishini qiladi va biz orqali quvvatli va ajoyib ishlarini amalga oshiradi. Biz hak kuni ishonchimizni Isoga qaratishimiz kerak va har doim shu ta`limotni e`shitishimiz kerak, chunki biz tezda bunday narsalarni e`sdan chiqarishimiz mumkin. Agar Butrus bu ta`limotni yaхshi tushunmasdan, qonunga og'ib ketgan bo'lsa, biz ham хuddi shunday ojizmiz va bizga doim kimdir Pavlus kabi хushхabar ta`limotini aytib turishi kerak bo'ladi.

No comments: