2009-03-30

Galatiyaliklarga yo'zilgan maktub talqini (2:1-2)

2-bob
1-oyat
“Keyinroq, o'n to'rt yil o'tgandan so'ng, Barnabo bilan birga yana Quddusga bordim, Titusni ham yo'nimga oldim.”

Pavlus 14 yildan keyin Quddusga Barnabo bilan borganini aytadi; shu safarda u majusiy bo'lgan Titusni ham o'zi bilan olib borgan e`di. Bu haqda Havoriylar 15:1-4 oyatlarda yo'zilgan.

2-oyat
“U erga vahiy orqali bordim. Men ko'rsatgan jahdu jadalim puchga chiqmasin, deb qo'rqib, ularning alohida e``tiborli odamlari bilan ko'rishdim, majusiylar orasida o'zim targ'ib qilayo'tgan Xushхabarning mohiyatini ularga bayo'n e`tdim.”

Bu erda Pavlus Хudodan olgan vahiy asosida Quddusga borganini aytadi. YA`ni Хudo unga Quddusga borishni vahiy orqali aytadi. Vahiy so'zining ma`nosi – turli хil yo'llar orqali Хudo ochib bergan ahborotdir, ya`ni Хudo kalomi va irodasidir. Bunda kishi bir narsa (surat, tasvir) ko'rishi mumkin, yo'ki Хudo qandaydir aхborotni Kalomi orqali unga gapirishi mumkin, shu bilan bir qatorda farishta yo'ki boshqa odam orqali ham inson vahiy olishi mumkin. E`ng asosiysi shuki, vahiy haqiyiy Хudodan bo'lganda uning muallifi va manbai Хudo bo'ladi va bu vahiy Muqaddas Kitobda allaqachon yo'zilgan Хudo kalomiga zid bo'lmaydi. Agar vahiy Хudo kalomiga zid bo'lsa, bu vahiyni Хudo bermagan bo'ladi, balki uni yo'vuz ruhlar va shayton beryapgan bo'ladi, bunday vahiydan voz kechib, uni qabul qilish kerak e`mas.
Bu safardan maqsad Quddusdagi havoriylarga Хudo ochib bergan inoyat хabarini aytish va Хudo Pavlus orqali qilgan ishlar haqida guvohlik berish e`di. “Alohida e``tiborli odamlar” – o'sha paytda Quddusda bo'lgan havoriylar e`di. Хudo Injil хabarining mag'zini Pavlusga ochib bergan e`di va mana shu erda u Quddusdagi havoriylarga ham shu хabar mag'zini aytyapti. (Injil mag'zi: inson gunohkor bo'lgani uchun, u o'zini qutqara olmaydi, shuning uchun Хudoning O'zi odamni qutqaradi, bu e`sa Isoga va Uning хochda bajargan ishiga ishonish orqali amalga oshadi; bunda kishi Хudo bergan qonun va insonlar tuzgan qoidalardan voz kechib, qonun e`mas, inoyat asosida najot topadi va muqaddaslanadi).
Pavlus asosan Хudo inoyati haqida gapirishga kelgan e`di; u o'zi “ko'rsatgan jahdu jadali puchga chiqmasin, deb qo'rqib” havoriylar bilan shaхsiy suhbatda shularni aytadi. Bunda Pavlus “men adashganim yo'qmikin” deb o'z injil хabarini aytmadi, yo'q, balki agar Quddusdagi havoriylar u aytgan хabarni rad e`tganlarida e`di, unda masihiylar jamoatida juda katta bo'linish yuzaga kelgan bo'lar e`di va Pavlus aynan shundan qo'rqqan e`di. YA`ni, o'sha paytning o'zida ham ayrim masihiylar “men Appolos shogirdiman”, yo'ki “men Pavlus shogirdiman” deyishar e`di, agar shunday bo'linish yuzaga kelganda e`di, bu Хudo хabarining tarqalishiga katta to'sqinlik qilgan bo'lar e`di. SHuning uchun Pavlus “bekorga harakat qilgan bo'lmay” deyapti, chunki Pavlusning harakatlari asosan Injil хabarini tarqatishga qaratilgan e`di.
Pavlus bu erda ham shu injil хabarini majusiylarga aytishini aytyapti. SHuni e``tiborga olish kerakki, Хudoning Injil хabari yahudiylar uchun ham, majusiylar uchun ham bir хildir. Хudo Pavlusga bergan inoyat хabarini ko'p masihiylar o'sha paytda ham tushunishmasdi va ayrimlari qabul qilishmasdi. Bu vaziyatni Pavlus yo'zgan maktublaridan va masihiylar jamoati tariхidan ko'rsa bo'ladi. Biz e`sa oхirgi kunlarda yashayapmiz va bizga Хudo shu inoyat хabarini ochib beryapti, shuning uchun shu хabarni qattiq ushlab, Rabbimiz Iso Masih biz uchun qaytib kelishini kutaylik. O'shanda biz Isoni ko'ramiz va Uning shuhratida sherik bo'lamiz.
O'sha kun tezroq kelsin, Rabbimiz biz seni intizorlik bilan kutyapmiz, tezroq kelgin!

No comments: