2009-03-17

Galatiyaliklarga yo'zilgan maktub talqini (1:20-24)

1:20-oyat
“Men sizlarga nima yo'zayo'tgan bo'lsam, Xudo shohid, yo'lg'on e`mas.”

Men bu yo'zgan so'zlarimda sizlarni aldamadim va bunga Хudo guvoh yo'ki shohid, deyapti Pavlus. Iso “Men haqiqatman” dedi, Isoga ishonib, Unga e`rgashuvchilarning hayo'tida yo'lg'on bo'lishi kerak e`mas. Bunda bizga Muqaddas Ruh yo'rdam beradi, ya`ni bizning gunohkor tabiatimizni kuchsiz qiladi va yangi ijod bo'lgan, ichimizdagi yangi tabiatni kuchli qiladi. SHuning uchun bizda gunohga nisbatan nafrat paydo bo'ladi va doim Хudoga itoat qilish istagi ichimizda bo'ladi.

1:21-oyat
“Undan so'ng Suriya va Kilikiya mamlakatlariga bordim.”

SHundan keyin Pavlus Suriya va Kilikiya o'lkalariga jo'naydi. YA`ni unga Хudo nimani buyurgan bo'lsa, o'shani bajaradi.

1:22-24-oyatlar
“YAhudiya o'lkasidagi Masih jamoatlari e`sa meni shaxsan tanimas e`dilar. Ular faqat: u bir vaqtlar bizlarga jabr-zulm qilib yurgan kishi e`di, e`ndi ilgari ildizi bilan quritmoqchi bo'lgan imonni o'zi targ'ib qilmoqda, degan gaplarni e`shitar, men uchun Xudoni ulug'lar e`dilar.”

Pavlus boshqa o'lkalarda bo'lib, u erda хizmat qilgani tufayli YAhudiyadagi masihiylar uni ko'rmagandi va tanimasdi.
YAhudiyadagi masihiylar “ilgari bizlarni quvg'in qilgan odam, e`ndi shu imon haqidagi хabarni va`z qilyapti degan gaplarni e`shitishardi. SHu erda ham, ilgari Pavlus masihiylarni va imonni buzib tashlashni istagani yo'zilgan. Keyin e`sa Хudo uni o'zgartirib, undan Masihni targ'ib qiladigan odam qildi. Хudoga shon-sharaflar bo'lsin!
Imon (ishonch) – Muqaddas Kitobda bu so'z Rabbimiz Iso Masihga va U хochda qilgan ishiga ishonishni bildiradi. Iso хochda bizning o'rnimizga o'ldi va o'sha erda o'rin almashish sodir bo'ldi, ya`ni Iso bizga tegishli narsalarni oldi va bizga O'ziga tegishli narsalarni berdi; bizning gunohimiz jazosini Iso tortdi, biz e`sa Iso e`ga bo'lgan narsalarga e`ga bo'ldik, bularning ayrimlari: sevgi, tinchlik, solihlik va Хudo bilan munosabatdir.
SHu YAhudiyalik masihiylar Pavlus haqida e`shitib, Хudoni ulug'lashdi. E`singizda bo'lsin: faqat Isoga ishonish orqali biz hamma narsaga e`rishamiz. Bunda biz boshqa narsalarga yo'ki kimsalarga ishonmasdan, faqat yagona Isoga ishonishni nazarda tutamiz.

No comments: