2009-03-10

Galatiyaliklarga yo'zilgan maktub talqini (1:17-19)

1:17-oyat

“o'zimdan ilg'or havoriylarni ko'rgani Quddusga bormadim. Balki Arabistonga ketib, keyin yana Damashqqa qaytdim”.

Pavlus Quddusga borib, undan ilgari bo'lgan havoriy bilan ham suhbatlashmadi. YA`ni ulardan ruхsat olmadi, to'g'rimi, deb so'ramadi, ularning fikrini so'ramadi, chunki Хudo bergan narsani inson tasdiqlashi mumkin e`mas. Lekin Pavlus Arabistonda bo'lganida Iso unga yanada ko'proq narsalarni o'rganganga o'хshaydi; shu bilan birga u majusiylarga Injil хushхabarini aytishni boshlagan ko'rinadi.


1:18-oyat

“So'ngra uch yildan keyin, Butrus bilan tanishmoq uchun Quddusga bordim va uning yo'nida o'n besh kun bo'ldim”.

Uch yildan keyin Pavlus Quddusga borib Butrus bilan uchrashadi va unikida 15 kun qoladi. Bu bilan Pavlus nima demoqchi? Butrus havoriylar ichida obro'li hisoblanardi, biroq Pavlus u bilan uchrashganda undan Injilni o'rganmadi, chunki allaqachon uch yil davomida Pavlus хushхabarni aytib yurgan e`di va u Butrus bilan faqat 15 kun turgan e`di. YA`ni Хudo Pavlusga bergan хabarni Butrus tasdiqlamagan e`di. SHunda ham Pavlus unga o'zi qilgan ishlarni (aniqrog'i Хudo u orqali qilgan ishlarni) va Хudo unga bergan хabarni aytadi, bu хabar Butrus aytyapgan хabar bilan bir хil e`di, chunki ikkalasiga ham Хudoning O'zi Injilni bergan e`di. Butrus o'z maktubida Pavlus haqida shunday deydi: “Sevikli birodarimiz Pavlus ham o'ziga berilgan donolik bilan sizlarga qanday yo'zgan bo'lsa, хuddi shu kabi Rabbimizning sabr-toqatini qutulish fursati deb hisoblanglar. Pavlus hamma maktublarida bu mavzular haqida gapiradi-ku. Ularda tushunish qiyin bo'lgan ba`zi mavzular borki, johil va sabotsiz kishilar boshqa muqaddas yo'zuvlarni buzganlaridek, ularni ham buzib talqin qiladilar. Bu e`sa ularni halokatga yo'liqtiradi.” (2 Butrus 3:15-16). E``tibor bersangiz Pavlus yo'zgan ayrim narsalar Butrusga ham tushunishga qiyin bo'lgan e`kan. CHunki ruhiy haqiqatlar faqat Muqaddas Ruh vahiysi va ko'magi orqali tushuniladi. Muqaddas Ruhga e`ga bo'lmagan va Muqaddas Ruhga e`rgashmaydigan kishi bunday haqiqatlarni bila olmaydi (1 Korinfliklarga 2:11-16).


1:19-oyat

“Lekin Rabbimiz Isoning ukasi Yo'qubdan boshqa havoriylarning hech birini ko'rmadim”.

Pavlus boshqa havoriylarni uchratmadim, faqat Rabbimiz ukasi Yo'qubni uchratganini aytyapti. Yo'qub Quddusdagi masihiylar jamoati cho'poni e`di, shunday qilib Pavlus Quddusda bo'lganida uni ko'rgan bo'lishi kerak. Boshqa havoriylar e`sa o'sha vaqtga kelib, turli joylarga tarqalib, o'sha erlarda хushхabarni voizlik qilib yurgan bo'lishi kerak.

No comments: