2009-01-10

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini (1:8-9)

1:8-oyat
“Bordiyu biz yoki hatto osmondan biror farishta kelib, o'zimiz sizlarga o'rgatgan Injildan boshqa bir “xushxabar” keltirsa, la'nati bo'lsin”.

Mana bu oyatda Masih xushxabarini buzib gapiradiganlarga nima bo'lishi yozilgan. Demak kimki boshqa, ya'ni sohta injilni va'z qilsa - u la'nati bo'lar e'kan.
Shuni tushuntiraylik: bu erda Pavlus, agar “biz yoki hatto osmondan biror farishta kelib” deyapti, masalan qandaydir mashhur yoki taniqli voizxon bizga gapirgan gaplariga osonlikcha ishonishimiz kerak e'mas; biz har qanday gapni Muqaddas Kitob bilan taqqoslashimiz kerak; agar bu xabar Muqaddas Kitobga (ya'ni Xudo inoyati xabariga mos kelsa, bu xabar e'sa asosan “Iso Masih xochda mixlangan”deganidir) mos bo'lsa, demak biz uni qabul qilsak bo'ladi, lekin u mos bo'lmasa demak bu xabar va odam Xudodan e'mas, uni qabul qilmasligimiz kerak. Xuddi shu qoidani biz doim ishlatsak bo'ladi, masalan agar qandaydir vahiy va farishtani ko'rsak, hamda u bizga boshqa xushxabarni aytsa, bunga ishonishimiz kerak e'mas. Bunday xabar va shaxs la'natidir, ya'ni Xudodan yiroqda bo'ladi; shuning uchun bizga u foyda keltirmaydi, faqat ziyon.
Yana e''tibor bersangiz Pavlus “biz o'rgatgan Injil” ya'ni xushxabar deyapti; u bu xabarni Xudoning O'zidan vahiy orqali olgani uchun shunchalik ishonch va aniqlik bilan so'zlyapti. Xudo Pavlusni shu xushxabarni saqlashga chaqirgan e'di, shuning uchun Pavlusning deyarli barcha maktublarida u xushxabarni tushuntiradi va uning buzilmaslikdan saqlaydi.
Kishi avval xushxabarga ishonib, uni qabul qilishi mumkin, lekin keyinchalik Xudodan uzoqlashishi ham mumkin, ya'ni har bir kishi doim ishonchini Isoga qaratishi kerak, aks holda u to'g'ri yo'ldan adashib ketadi. Misollar ko'p, shunga misol qilib Billi Gre'mni olsak bo'ladi. U Injil Xushxabarini va'z qilishda ilgari juda faol qatnashgan e'di; u va'z qilganda minglab odamlar stadionlarda yig'ilishar va juda ko'p odamlar Isoni qabul qilishar e'di, chunki u “faqat Isoga ishonish orqali inson najot topadi”, deb va'z qilardi va odamlarni tavba qilishga taklif qilardi. Lekin o'tgan yili u “Isoni bilmagan kishi ham jannatga tushadi”, deb ta'kidlay boshladi. Bunga sabab uning qarrib qolgani va kasal bo'lgani bo'lishi mumkin, lekin nima bo'lganda ham, e'ndi u kishining gaplariga e''tibor berish kerak e'mas, chunki u injil xushxabarini targ'ib e'tmayapti.
Bunga o'xshash misollar ko'p. Bundaylar to'g'ri yo'lda yurishni boshlaydilar, ancha yil haqiqatni va'z qiladilar, lekin nimadir sodir bo'ladi-yu, ular to'g'ri yo'ldan ozib ketadilar va Masih xushxabarining mag'zini buzib gapira boshlaydilar. Demak, biz shuning uchun juda e'htiyot bo'lishimiz kerak va har qanday axborotni, xabarni va odamni (o'zimizni ham) shu xushxabar asosida tekshirishimiz kerak va shu asosida hukm qilishimiz kerak (hukm qilish haqida oyatlar: ).
Shu bilan birga biz ham e'htiyotlik bilan yashashimiz kerak, toki hech qachon Xudo inoyatidan uzoqlashmaylik; doim ishonchimizni o'zimiz yoki qonun-qoidalarga e'mas, balki faqat Isoga qarataylik, shunda Xudo qudrati bilan bizni to'g'ri yo'lda saqlaydi. Buni amalga oshirishga qudratli bo'lgan yagona Xudoyimizga shon-sharaflar bo'lsin, faqat U shuhratga sazovordir!

1:9-oyat
“Biz oldin ham aytgan e'dik, hozir yana aytyapman: agar kimki sizlar qabul qilgan Injilga zid bo'lgan xabarni targ'ib e'tsa, la'nati bo'lsin!”
Bu oyatning 8-oyatga o'xshaydigan tomoni ham bor, o'xshamaydigan tomoni ham bor. O'xshaydigan tomoni - Masih xushxabariga teskari bo'lgan xabarni aytgan kishi la'nati bo'ladi.
O'xshamagan tomoni - bu oyatda Pavlus “sizlar qabul qilgan Injil” ya'ni xushxabar deydi, ya'ni agar kishi haqiqiy xushxabarni e'shitib, unga ishonsa (qabul qilsa) u najot topadi; shu va boshqa alomatlarga qarab inson xushxabar haqiqiyligini bilib oladi. Shunday qilib, Pavlus gapiga asosan, shu najotbaxsh xushxabarni e'shitgan bo'lsangiz, unda sohta xushxabarni tanishingiz kerak, albatta Xudoning O'zi sizga bunda yordam beradi.
Iso Masih bitta va Uning xushxaari ham bitta, Isoga o'xshamagan Isoni kim targ'ib qilsa, u “boshqa” yoki sohta Isoni targ'ib qilgan bo'ladi. Xuddi shu fikrni xushxabar haqida ham aytsa bo'ladi: agar kimdir Iso xushxabariga teskari xabarni aytsa, demak u boshqa, ya'ni sohta va yolg'on xushxabarni aytyapgan bo'ladi. Shuni e'sda tutish kerakki ayrim odamlar “biz ham o'sha Isoga ishonamiz” deyishi mumkin, biroq ular Muqaddas Kitobdagi Isoga va U qilgan ishlariga va aytgan gaplariga ishonmasalar, ular boshqa Isoga ishonayapgan bo'ladilar; bu boshqa Isoni shayton va Dajjol ruhi targ'ib qiladilar, chunki shaytonning ishi Xudoga teskari narsalarni qilish va targ'ib qilishdan iborat.

No comments: