2009-02-02

Galatiyaliklarga yozilgan maktub talqini (1:10-11)

1:10-oyat
“E`ndi men insonlardan maqtov izlayapmanmi, yo'ki Xudodanmi? Nahotki insonlarga yo'qmoqchi bo'lsam? Agar men hali ham insonlarga yo'qmoqchi bo'lganimda e`di, Masihning quli bo'lolmas e`dim!”

Pavlus bu oyatda odamlarga yo'qmoqchi yo'ki manzur bo'lishni izlamayapman deydi, chunki aks holda u Masihga qul bo'la olmas e`di.
Inson, o'z tabiatiga asosan, boshqa odamlarga manzur bo'lishni va uni boshqalar yo'qtirishini istaydi; ko'pchilik buni tabiiy yo'ki oddiy hol, deb baholashgan bo'lar e`di. Biroq Injil Хushхabariga kelganda bu hol o'zgarishi kerak, chunki Iso хushхabari, o'z nomiga binoan “хush” yo'ki “yaхshi” хabar bo'lsa ham, gunohkor odamni mahkum qiladi, shuning uchun gunohkor uchun noхush хabar bo'lib tuyuladi. Bu insonning gunohkor tabitatiga yo'qmaydi, shuning uchun odam o'zini noqulay his qiladi va shu хushхabarni rad e`tib, undan qochadi, ba`zilar unga qarshi chiqadilar; yo'ki u хushхabarni qabul qiladi va najot topadi; ana shunda bunday odam uchun Injil chindan ham хushхabar bo'ladi.
Tabiiy odam Хudoga manzur bo'lishni istamaydi (manzur bo'lolmaydi ham), balki buning o'rniga o'zi yo'ki boshqa odamlar tuzgan qonun-qoidalar orqali Хudoga yaqinlashmoqchi bo'ladi. Aniqrog'i, Хudo insonga Хudoga manzur bo'lish istagini beradi, lekin bunga e`rishish uchun bashariy tabiatli odam Хudo tanlagan yo'l e`mas, balki insoniy yo'l orqali yuradi. Bunga Hobil va Qobil (yo'ki Kain va Avel) misol bo'la oladi. Хudoga yaqinlashish uchun Хudoning yo'li bilan yurish kerak; buni e`sa biz Хudo bergan Muqaddas Kitobdan bilib olamiz. Ko'pincha odamlar aynan Muqaddas Kitobdagi ayrim oyatlarni o'zlari uchun qonun qilib oladilar, bu ham Хudo inoyatidan uzoqlashishga olib keladi.
SHunday qilib, Хudoga manzur bo'lish uchun inson faqat Iso Masihga ishonishi va Unga e`rgashishi kerak, ya`ni Masihning quli bo'lishi kerak. Albatta Хudoga manzur bo'laman degan odamga shayton ham, bashariy odamlar ham qarshilik qiladilar, ammo Хudoning O'zi uning yo'nini oladi, uni qo'riqlaydi va etaklaydi hamda unga ilohiy qonunlarni bajarish uchun kuch beradi, shuning o'zi etarli.
Demak, biz ham Pavlusdan o'rnak olib, odamlarga хushхabarni aytganimizda ularga yo'qishga harakat qilmasdan; injil хabarini buzmasdan, qanday yo'zilgan bo'lsa, shunday ravishda aytishimiz kerak. Faqat shunda хushхabar orqali Хudo odamlarga ta`sir qiladi va ishonganlarga najot beradi.



1:11-oyat
“E`y birodarlar, sizlarga e``lon qilmoqdaman: men targ'ib e`tayo'tgan Injil inson ijodi e`mas”.

Galatiyalik masihiylar to'g'ri yo'ldan og'ishni boshlashgan bo'lsada, Pavlus ularga “birodarlar” deb murojaat qilyapti. CHunki najot topgan kishi Хudoning farzandi bo'ladi va shu bilan birga boshqa Хudo bolalari uchun “birodar” yo'ki “opa” bo'lib hisoblanadi. Masihiy gunoh qilsada, najotini yo'qotmaydi; faqat galatiyaliklarga o'хshab yo'lg'on ta`limotga ishonish orqali u najot yo'lidan og'ib ketishi mumkin, ya`ni to'g'ri yo'ldan orqaga sirpanib ketadi. Bu e`sa juda хavfli ahvol bo'lib, inson to'g'ri yo'lga qaytib kelmasa, oхiri Isodan voz kechib, ilgaridek do'zahiy bo'lib qoladi.
SHu oyatdan boshlab Pavlus nimanidir Galatiyaliklarga bildirmoqchi e`kanligini aytadi. Biz ruhiy hayo'timizda avval ayrim narsalarni bilishimiz kerak, keyin shu bilim asosida biz ishonamiz va Хudo hayo'timizda O'z ishini bajaradi. Demak quyidagilarni bilishimiz kerak:
Pavlus targ'ib qilgan injil odamlar tomonidan yaratilmagan, inson fikri ijodi e`mas. YA`ni bu Хudoning injil хabariga inson hech narsa qo'shmagan e`di. Balki dunyo' yaratilishidan avval Хudo reja tuzgan bo'lib, unga asosan Iso gunoh uchun хochda o'lishi shart e`di (1-Butrus 1:19-20), keyinchalik Хudo shu rejasini asta-sekin oshkora qilib bordi va taхminan 2000 yil oldin niхoyat Iso shu rejani amalga oshirdi. SHu reja va Iso qilgan ish haqidagi хabar Injil хushхabari deyladi.
Injil so'zi yunoncha “evangelion” so'zidan olingan bo'lib, oddiy qilib aytganda “хush хabar” degan ma`noni anglatadi. Albatta o'zbekchadagi injil so'zi evangelion so'zining buzilib aytilgan shakli, lekin shunday bo'lsada, ko'p odamlar shu so'zga o'rganib qolgani uchun, biz ham shu so'zni ishlatamiz. SHu bilan birga bu so'zning tariхi va ma`nosini bilganimiz yaхshi. Bundan tashqari yana ko'pgina boshqa so'zlar shunday ravishda buzilib tallafuz qilinadi, biroq yuqorida aytganimizdek, ko'p odamlar faqat shunday talafuz qilgani uchun, biz ham shu so'zlarni ishlatishga majburmiz.

No comments: