2008-08-21

Ruhiy zehn

1 Yuhanno 4:1-3

“E'y mahbublarim, har qanday ruhga inonavermangiz. Xudodan bo'lgan-bo'lmaganligini bilish uchun ruhlarni sinovdan o'tkazingiz. Chunki dunyoda ko'pgina soxta payg'ambarlar paydo bo'lgan. Odam vujudi bilan dunyoga kelgan Iso Masihni tan oluvchi har bir ruh Xudodandir. Xudoning Ruhini shundan taniysizlar. [Odam vujudi bilan dunyoga kelgan] Iso Masihni tan olmovchi har qanday ruh Xudodan e'mas. Bu – dajjolning ruhi. Dajjol kelishini sizlar e'shitgan e'dingizlar. Mana, hozirdan u dunyodadir.”

Ruhiy zehn – yolg'on ruhlarni tanish va fosh qilish qobiliyati, Muqaddas Ruh orqali beriladi.

Agar hamma masihiylar Muqaddas Ruhda yashaydigan bo'lsa, Xudo ular orqali boshqa odamlarga ham ta'sir qila boshlaydi. Lekin ko'pgina masihiylar g'ayri-tabiiy mo''jizalarga berilgan bo'lsada, ular chindan ham Xudodanmi yo'qmi bilishmaydi. Agar masihiy Xudodan kelgan narsalarni aniq bilmasa, uning ahvoliga voy! Xudodan keladigan narsalar doim Muqaddas Kitobga mos bo'ladi va unga qarshi bo'lmaydi.

Yiqilish yoki imondan qaytish – bir vaqt haqiqatni bilish, lekin keyin shu haqiqatni tark e'tib, yiqilib tushishdir. Haqiqatni bilmagan odam imondan yiqilmaydi, u allaqachon adashgandir. Masihiy maqsadi haqiqatni bilish va unda doim turishdir, undan ketib qolmaslik.

1 Timo'tiy 4:1-3

“Xudo Ruhi yaqqol aytyaptiki, oxirgi zamonlarda ba'zi odamlar imondan qaytadilar. Ular yo'ldan ozdiruvchi ruhlarga, jin ta'limotiga quloq soladilar. O'z vijdonlarini go'yo qizigan temir bilan dog'lagan yolg'onchilarning riyokorligiga qoyil qoladilar. Ular uylanishni man e'tadilar va Xudo yaratgan har xil ovqatlardan tiyilishni buyuradilar. Holbuki, haqiqatni bilib olgan imonlilar shukrona qilib ovqat eyishi kerak.”

Muqaddas Ruh aniq aytadi; U sizga ham murojaat qilib gapiradi. Oxirgi kunlarda ayrim masihiylar imonni tark e'tadilar va aldovchi ruhlarga va shaytonning yolg'on ta'limotlarga quloq sola boshlaydilar.

Agar siz yolg'on ta'limotni e'shitsangiz, uni tanib olib, unga quloq solishingiz kerak e'mas.

Odam cho'ntagiga cho'g'larni solib, kiyimim yonmaydi va men kuymayman, deya olmaydi. Yuzta yaxshi olma bitta chirigan olmani yaxshi qila olmaydi, aksincha bitta chirigan olma yuzta yaxshi olmani chiritadi.

Shuning uchun biz nimaga quloq solyapganimizga e''tibor berishimiz kerak, jamoatdami, ishxonadami, ko'chadami yoki birodarlar orasidami – nimaga quloq solishimizga e'htiyot bo'lishimiz kerak.

Aldovchi ruhlar shirin so'zlar bilan odamni haq imon yo'lidan ozdiradi, ular odamni turtadi, itaradi va rom qiladi. Bunda siz “o, men tezda shuni qilishim kerak” deb o'ylaysiz, lekin shuni qilganingizdan keyin “bekorga shunday qildim” deb afsus qilasiz.

Muqaddas Ruh e'sa sizni etaklaydi, kuch ishlatmaydi.

Matto 24:4-5

“Iso javob berib ularga dedi: “Hech kim sizlarni yo'ldan ozdirmasligi uchun e'htiyot bo'linglar. Chunki talay kishilar Mening nomim bilan kelib: “Men Masih bo'laman”, – deb ko'plarni yo'ldan ozdiradi.”

Iso bizga e'htiyot bo'linglar deyapti, chunki ayrim odamlar “men Masihman” deb aldaydi. Bunda bizga Muqaddas Kitob va Muqaddas Ruh yordam beradi, biroq biz doim ularga tayanib yashashimiz kerak.

Havoriylar 16:16-18

“Bir kuni ibodatgohga ketayotganimizda, ichida folchilik ruhi bo'lgan bir cho'ri bizga duch keldi. U folchilik mahorati bilan xo'jayinlariga ko'p daromad keltirardi. Pavlusning va hammamizning orqamizdan yurib: – Bu odamlar Xudoyi Taoloning qullaridir, bizga najot yo'lini e''lon qilmoqdalar, – deb baqirardi. Ancha kun buni takrorladi. Axir, Pavlusning joniga tegib, u cho'riga burildi-da, ichidagi ruhga: – Iso Masih nomidan senga buyuraman: cho'ridan chiqib ket! – dedi. Ruh e'sa o'sha zahoti cho'rining tanidan chiqib ketdi.”

Shu oyatlardagi cho'ri qizning so'zlari to'g'ri e'di, lekin bu so'zlarning orqasidagi ruh yolg'on ruh e'di; Pavlus Muqaddas Ruh orqali shu qiz orqali yolg'on ruh gapiryapganligini tanidi va “shu qizdan chiq” deb shu ruhni haydab chiqaradi. Demak, odamlar gapirgan gapiga e''tibor berishimiz kerak, lekin shu bilan birga ular qanday ruh bilan gapiryapganligiga ko'proq e''tibor berishimiz kerak. Bunday qilish uchun bizga faqat Xudo Muqaddas Ruh yordam bera oladi. Oxirgi kunlarda masihiylar ruhiy zehnga e'ga bo'lishlari kerak, bunday bo'lmasa ular yo'ldan ozib ketadilar.

Iso haqida ham bir kishi “Men Sening kimligingni bilaman, Sen Xudoning Muqaddas Zotisan”, deydi. Lekin shu kishi orqali yolg'on ruh gapiryapgan e'di, shuning uchun Iso shu kishidan yolg'on ruhni haydab chiqaradi.

Mark 1:24-27

“– E'y nosiralik Iso! Bizda nima ishing bor? Sen bizni halok qilgani keldingmi? Sening kimligingni bilaman, Sen Xudoning Azizisan!

Biroq Iso yomon ruhga do'q urib:

– Jim bo'l va undan chiqib ket! – dedi.

Yomon ruh u odamni larzaga soldi-da, ovozi boricha baqirib, uning vujudidan chiqib ketdi. Hammani vahima bosdi. O'zaro fikr yuritib:

– Bu nima gap? Bu qanaqa yangi ta'limot e'kan? U yomon ruhlarga ham qudrat bilan buyuradi, ruhlar e'sa Unga bo'ysunadi! – deyishdi.”

1 Yuhanno 4:4

“E'y farzandlarim, sizlar Xudodansizlar va soxta payg'ambarlarni engdingizlar. Chunki ichingizdagi Ruh dunyoda hukm surayotgan ruhdan ustundir.”

Siz Iso Masihni Rabbiy, deb qabul qilgan bo'lsangiz Xudoga tegishlisiz, Xudo shoxligidasiz, qayta tug'ilgansiz, najot topgansiz, oqlangansiz va poklangansiz. Shuning uchun siz ular ustidan g'alaba qozondingiz, ya'ni allaqachon g'alabaga e'gasiz. Nega? Sizning ichingizdagi Ruh bu dunyodagi ruhlardan ustundir va yuksakroqdir.

Siz buning uchun hech narsa qilishingiz kerak e'mas, yoki buni kutishingiz kerak e'mas. G'olib bo'lish uchun faqat bitta narsa kerak – bu ham bo'lsa Iso Masih xochda biz uchun qilgan ishiga ishonish kerak. Shu ishonchni doim saqlash kerak va doim faqat Isoga qaratish kerak, shunda Iso siz uchun qilgan narsalar hayotingizda namoyon bo'la boshlaydi. Oqlangan kishi ishonch bilan yashaydi.

Rimliklarga 8:13

“Agar o'z tabiatingizga mahliyo bo'lib yashasangiz, ruhan o'lishingiz muqarrar. Lekin agar bashariy tabiatning qilmishlarini Ruh kuchi bilan o'ldirsangiz, ruhan yashaysizlar.”

Bashariy tana amri bilan yashasangiz o'lasiz, agar Muqaddas Ruh bilan bashariy tana ishlarini o'ldirsangiz – yashaysiz. Demak Muqaddas Ruh shu ishni qilar e'kan, ya'ni sizni poklaydi, tozalaydi va muqaddaslaydi; lekin men nima qilishim kerak, degan savolni o'zimizga beramiz. Bunga javob shunday: Iso xochda qilgan ishga ishonish orqali biz najot topamiz hamda muqaddaslanamiz.

Xudo bizga najot berish jarayonini juda oson qilib bergan va shuning uchun har qanday inson najot topishi mumkin. Odamga buning iloji yo'q, Xudoga e'sa hamma narsalar iloji bor. Odam o'ziga najot bera olmaydi, faqat Xudo odamga najot bera oladi; xuddi shunday ravishda odam o'zini muqaddaslay olmaydi, faqat Xudo odamni muqaddaslay oladi. Inson faqat bir marta najot topishi mumkin, ya'ni najot topgandan keyin odam gunoh qilsa, tavba qilish orqali yana Xudo bilan munosabatga qaytib kela oladi. Xuddi shunday ravishda masihiy muqaddaslanadi, agar u gunoh qilsa yoki bashariy tanada yashasa, yana tavba qilib haq yo'lga qaytib kelishi mumkin.

Najot topish jarayoni va muqaddaslanish jarayoni bir-biriga o'xshaydi, shu ikkalasiga e'rishish uchun faqat bitta kalit kerak – Isoga ishonish. Yana aniqroq qilib aytsak, kishi Iso Masihni o'limdan qayta tirilganiga va U xochda qilgan ishiga ishonishi va Uni Rabbiy, deb tan olishi kerak.

No comments: