2008-08-10

Iso Masih qiyofasining o'zgarishi

“U gapini tugatmasdanoq, nur yog'ilib turgan bir bulut ularni qoplab oldi. Bulut ichidan e'sa bir ovoz keldi:

– Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman. Unga quloq solinglar!” (Matto 17:5).

Iso Masih qiyofasining o'zgarishi Masihning shuhrati va sharafini bizga namoyon qiladi. Bu shuhrat Isoning ustiga porlamadi, balki Uning ichidan porlab, kiyimlari orasidan ham ko'rinardi. Shu tog'da Isoning oldida Muso va Ilyos payg'ambarlar paydo bo'lganida, Muso Qonun vakili sifatida hamda Ilyos Inoyat vakili sifatida paydo bo'lishgan e'di.

O'sha vaqtga kelib Muso taxminan bir ming besh yuz yil oldin o'lgan e'di, Ilyos e'sa o'limni ko'rmasdan osmonga ko'tarilib ketgan e'di; albatta bular ikkalasining Iso bilan bo'lgan suhbati juda ham qiziq bo'lgan bo'lsa kerak! Ular Iso bilan Uning najotbaxsh o'limi haqida gaplashishadi (Luqo 9:31). Shunday qilib mana shu doktrina yoki ta'limot (najotbaxsh o'lim) osmondagi e'ng buyuk mavzudir (Vahiy 1:5; 5:6, 9; 7:14).

Butrus “shu erda uchta chayla quraylik: birisi Senga, birisi Musoga, birisi Ilyosga,” deb ahmoqona gap aytadi. Biroq tezda osmondan uni joyiga qo'yib qo'ygan ovoz keldi. Sajda qilish va ta'lim berishda hatto e'ng ulug' payg'ambarlar ham Xudoning sevikli O'g'li Iso Masih bilan teng qo'yilishiga Xudo ruxsat bermaydi. O'sha zahotiyoq Muso ham, Ilyos ham o'sha erdan g'oyib bo'lishadi va Xudoning ovozi “Unga, faqat Unga quloq soling!” deydi.

Buning ma'nosi shuki, ayrim odamlarning payg'ambarlar yoki avliyolarga qaratib qilgan ibodatlari, hatto bokira Maryamga aytilgan ibodatlar ham hech narsaga yaramaydi. Bunday qilishning hech ham foydasi yo'q. Xudo Ota aytgan buyrug'i aniq va oydin, qisqa va lo'nda e'di: “Unga quloq solinglar!”

No comments: