2008-08-31

Oxirgi zamon alomatlari

2 Timo'tiy 3:1-5

“Shuni bilginki, oxirgi kunlarda og'ir vaqtlar keladi. U paytda odamlar nafs bandasi, pulparast, maqtanchoq, kibrli, kofir, ota-onaga itoatsiz, nonko'r, xudobexabar, shafqatsiz, murosasiz, g'iybatchi, nafsini tiya olmaydigan, insonlik va yaxshilik dushmani, xoin, bemulohaza, mag'rur bo'ladilar. Xudodan ko'ra aysh-ishratni ko'proq sevadilar. O'zlarini xudojo'y ko'rsatib, ilohiy qudratni e'sa inkor e'tadilar. Bunday odamlardan uzoqlash.”

Muqaddas Kitobga murojaat qilsak, oxirgi zamonlarda nima sodir bo'lishini bilib olamiz. Iso osmonga ko'tirilganidan keyin, O'z shogirdlariga Muqaddas Ruhni yuboradi. Ular Ruhni qabul qilgan kuni Butrus oxirgi zamon kelganini aytadi (Havoriylar faoliyati 2:17). O'sha paytdan hozirgacha biz oxirgi zamonlarda yashayapmiz. Lekin oxirgi kunlarda yanada ko'p alomatlar yoki belgilar paydo bo'lyapti va vaziyat yanada yomonlashib boryapti.

Albatta, ikkinchi jahon urushidan keyin Isroil davlati yana tuzulib, yaxudiylar Isroil eriga qata boshlashi e'ng katta alomatlardan biridir. Yana boshqa alomatlardan biri bilim oshishidir – masalan, hozirgi kunda kompyuterlar murakkab bo'lib boryapti va katta tezlik bilan odamga axborot berib, ko'pgina operatsiyalarni bajara oladi, odamlar ko'p axborotga e'ga bo'lyapti. Bundan tashqari gunoh odamlar ustidan ko'proq hukmronlik qilyapti: bunday ahvolni nafaqat dunyodagi Masihni qabul qilmagan odamlarda, balki jamoatdagi imonlilarda ham ko'rsa bo'ladi. Mana shu haqida Pavlus og'ir, dahshatli, qo'rqinchli kunlar, deb yozgan e'di. Ilgari tarixda hech qachon bunday ahvol bo'lmagan e'di, ayniqsa gunoh tabiati odam ustidan ko'rsatayotgan qudrat.

Biz og'ir kunlarda yashayotganimiz haqida oyatlarni o'qidik, lekin shu bilan birga biz uchun masalaning echimi borligini ham aytishim kerak.

Bu oyatlarda odamlar, aniqrog'i gunoh tabiati hukmronligi ostida yashayotgan odamlar haqida gap ketadi. Ikkinchi oyatda odamlar o'zlarini ko'proq seva boshlaydi va nafs bandasi bo'lib qoladi deyilgan. Odam Ato gunoh qilishi orqali gunoh Odam ichiga kiradi va u gunoh tabiatiga e'ga bo'lib qoladi. O'sha zahoti u ruhan o'ladi va shu orqali Xudo bilan aloqasi uziladi. Shunday qilib, u ilgari Xudoga intilgan bo'lsa, e'ndi u o'ziga intiladi, ya'ni xudbin (e'goist) bo'lib qoladi. Bizda bor bo'lgan ko'pgina muammolar gunoh tabiatimiz yoki xudbinlikdan kelib chiqadi. “Bu meniki”, “menga shu kerak”, “menga kerak narsani sen berishing kerak” kabi gaplar va fikrlar orqali xudbinlik namoyon bo'ladi. Oxirgi kunlarda xudbinlik kuchayib ketadi. Iso gaplariga qaraganda odamlar o'zini seva olar e'di, lekin o'z yaqinini sevishga qiynalardi (Mark 12:31); oxirga kunlarda e'sa bu ahvol yanada yomonlashadi.

Odamlar maqtanchoq bo'ladi – o'zlari qilmagan narsalar haqida maqtanadilar, chunki ular o'zlarini ilgari surmoqchi bo'ladilar; bu ham xudbinlikdan xabar beradi.

Yolg'onchi va qufr qiladigan bo'ladi. Kufr deganda Xudoga ishonmasdan, Unga qarshi yolg'on gapirishni nazarda tutamiz. Shu bilan birga boshqa odamlarga nisbatan ham aytilgan yolg'on guvohlik ham bunga misol bo'lishi mumkin.

Ota-onaga itoatsiz, hurmat qilmaydigan bo'ladilar. Bunga yana gunoh tabiati kuchayishi sabab bo'ladi.

Rahmat demaydigan, noshukur banda bo'ladilar.

Tabiiy mehribonlik va muhabbatsiz bo'ladilar. Oxirgi kunlarda ayrim onalar o'z chaqalog'ini tashlab ketish misollari ko'p uchrayapti. Ya'ni odamlarda tabiiy mehribonlik yo'q bo'lyapti. Yana bunga misol qilib, e'rkaklar e'rkaklar bilan yashashi yoki ayollar ayollar bilan yashashini keltirsak bo'ladi. Bu ham tabiiy muhabbat yo'qolishidan sodir bo'lyapti.

Haqiqatni buzadigan bo'ladilar.

Yolg'on gaplar aytib, tuhmat qiladigan odamlar ko'payadi.

Odamlar o'zini tiya olmaydigan, o'zini nazorat qila olmaydigan bo'lib qoladilar.

Yaxshilikka qarshi chiqadigan bo'ladilar. Masalan, biz yaxshi narsani va xushxabar haqiqatini aytganimizda, Muqaddas Ruh odamlar gunohini fosh qiladi, shuning uchun ular yaxshilikni yomon ko'rib, unga qarshi chiqadilar.

Mag'rur odamlar ko'payadi; ulardan boshqa odam yo'qdek, ular tufayli er aylangandek o'zlarini tutadiganlar ko'payadi.

Xudodan ko'ra aysh-ishratni ko'proq sevadigan odamlar ko'payadi. Sizga yoqadigan narsa, zavq keltiradigan narsa bo'lishi mumkin, lekin Xudo bilan munosabatingizga shu narsa qarshilik yoki to'sqinlik qilishi kerak e'mas. Chunki Xudo bizga hamma narsalarni zavq bilan ishlatishimiz uchun bergan; biroq hech narsa ustingizdan hukmronlik qilishi kerak e'mas.

Oxirga zamonda odamlarda xudojo'ylik (taqvodorlik) shakli bor bo'ladi-yu, lekin haqiqiy kuch-qudratga e'ga bo'lmaydilar. Ayrimlar men Xudoga xizmat qilaman, ibodat qilaman, kambag'allarga pul beraman, kimgadir yordam beraman, u yoki bu narsani qilaman, mana shuning o'zi etadi, deydilar – mana shu xudojo'ylik shakli deyiladi. Faqat shakl, lekin asl kuchi yoki qudrati yo'q. Ayrim kishilar jamoatga ham kelishi mumkin, lekin ularning hayotida mana shu oyatlardagi yomon jihatlar bor bo'lsa, demak ularda faqat xudojo'ylik shakli bor e'kan, lekin Muqaddas Ruh qudrati ularda yo'q.

Kishi Iso Masihni qabul qilganida gunoh tabiatining quch-qudrati buziladi va u kuchsiz bo'lib qoladi. Shundan keyin yangi masihiy gunoh tabiati ta'sirisiz yashay boshlaydi va shundan keyin u har doim shu ahvolda yashashga e''tibor berishi kerak. Agar kishi ishonch bilan yashashni davom e'ttirmasa, Muqaddas Ruh kuchidagi hayot belgilari sekin-sekin yo'qola boshlaydi, va oxiri umuman yo'q bo'lib ketishi mumkin. Shuning uchun Xudo inoyatida yashashni masihiy o'rganishi shart. Buning uchun u har doim Iso Masih uning o'rnida xochda qilgan ishiga ishonib yashashi kerak.

Men sizga xushxabar aytmoqchiman: men o'zim gunohdan ozod bo'la olmayman, bunga kuchim yo'q, nimadir qilsam ham, yana boshqa narsa qilmasam ham men o'zimni poklay olmayman; shuning uchun men Isoga ishonaman; men Isoni qabul qilganimda men Isoda paydo bo'ldim va hozir ham Unga qaratilgan ishonchim orqali men Isoda mavjudman. Buni Xudodan tug'ilgan va Muqaddas Kitobni o'qigan har qanday masihiy tushunadi. Men o'shanda o'ldim va e'ndi Xudo nazarida Masih ichidaman. Men Iso bilan birga o'ldim, U bilan birga qabrga qo'yildim va U bilan birga qayta tirildim. E'ndi Iso Masih qayta tirilib, abadiy tirik bo'lgani kabi, men ham Isoning o'sha “qayta tirilish hayotining” kuch-qudratida yashayapman. Bu har bir masihiy uchun va'da qilingan farovon hayotdir! Siz ham bunga e'rishishingiz mumkin, buning uchun yuqorida aytilgan shartlarga rioya qilishingiz kerak.

Zaburda Xudoning yashirin joyida yashaydigan odam baxtiyordir, deyilgan. Kishi o'ziga shunday savol berishi mumkin: “Qanday qilib bunga e'rishsam bo'ladi?” Bunga javob bitta – Iso Masihni Rabbiy deb qabul qilish orqali va Uning xochda qilgan ishiga ishonish orqali men ozodlikka e'gaman va Xudoning yashirin, panoh joyidaman.

90 Zabur sanosi

Kimki Xudoyi Taoloning panohida yashar,

Qodir Tangri soyasida orom topar e'kan,

U Xudovandga aytadi:

O'zingsan boshpanam, qasrim mening,

Umidim faqat Senda, e'y Xudoyim!

Xudo seni ovchi qopqonidan ham,

Vabo-qazodan ham xalos e'tar.

U O'z parlari bilan seni yopar,

Qanotlari ostida bexatar bo'lasan;

Haqiqati senga qalqon va to'siq bo'lar.

Na tungi vahimadan qo'rqasan,

Na kunduzi uchayotgan o'qdan,

Na zulmatda kezuvchi vabodan,

Na qiyom chog'i qiruvchi o'latdan.

Sening yoningda mingtasi yiqilib,

Tuman qulab ketsa-da o'ng yog'ingda,

Balo-qazo senga yaqin yo'lamas.

Sen faqat ko'zlaring bilan boqib,

Fosiqlarga berilgan jazoni ko'rasan.

Xudovandni panohim deb bilganing uchun,

Haq Taoloni qo'rg'onim deganing uchun,

Tushmas boshingga biron-bir falokat,

Yo'lamas chodiringga ham qandaydir o'lat.

U O'z farishtalariga sen haqda amr e'tgay,

Toki butun yo'llaringda seni asrasinlar.

Ular seni qo'llarida ko'tarib ketar,

Oyog'ing ham toshga qoqilib ketmas.

Sher va bo'g'ma ilon ustidan bosib o'tasan,

Arslon va ajdarni e'zib tashlaysan.

«U Menga mehr bog'lagani-chun qutqazaman,

Nomimni tan olgani-chun omon saqlayman.

U Meni chaqirgan chog'ida javob beraman,

Qayg'uli kunida u bilan birga bo'laman,

Uni xalos e'tib hurmatga sazovor qilaman.

Uzoq umr berib ko'nglini to'yg'azaman,

Najotkorligimni unga namoyon qilaman».

Sizga ham shularni tilab qolaman.

No comments: