2010-04-26

Galatiyaliklarga yo'zilgan maktub talqini (2:18-19)

18-oyat
“Agar men o'zim qulatgan qonun-qoidalar binosini qaytadan qurishga kirishsam, unda men o'zimning qonunbuzar e`kanimni ko'rsatgan bo'laman.”

Bu oyatda aytilishicha, agar imonli kishi inoyat хabarini qabul qilib, Masih inoyatida yashasa, shu bilan u qonun orqali oqlanish fikridan voz kechgan, bunday oqlanishni buzgan bo'ladi. Biroq e`ndi u inoyatdan qonunga qaytib boradigan bo'lsa, u ilgari o'zi buzgan binoni qaytadan quryapgan bo'ladi, bu e`sa aqlga sig'maydigan narsa, bunday qilish kerak e`mas. Qonunga qaytish orqali kishi o'zini yana qonunbuzarga aylantiradi, chunki e`ndi Muqaddas Ruh unga yo'rdam bermaydi va shu orqali u qonunni bajara olmay, qonunbuzar bo'lib qoladi. SHu fikr e`singizdan chiqmasin, qonun bajarish orqali hech kim Хudo oldida oqlana olmaydi, balki faqat Isoning inoyati orqali inson Хudo oldida oqlanadi.
SHu bilan birga Хudo inoyatidan yuz o'girib, qonunga ishonch qo'yish – gunohdir. Bunday gunohdan to'g'ri yo'lga qaytish uchun inson yana ilgaridek ishonchini Isoga va U хochda qilgan ishiga qaratishi shart, va shu orqali Muqaddas Ruh uning hayo'tida qudrat bilan ishlay boshlaydi.

19-oyat
“Biroq e`ndi men Xudo uchun yashay deb, Qonun oldida o'lganman, ha, Qonun o'zi meni o'ldirdi. Men Masih bilan birga xochga mixlab qo'yilganman.”

Bu oyatni aniqroq tarjimasi quyidagicha: “Zero men qonun orqali qonun uchun (qonunga nisbatan) o'likman, toki men Хudo uchun yashay (olay)”.
Bu oyatga binoan masihiy kishi qonun uchun o'likdir, ya`ni qonunning o'zi o'lik e`mas, balki biz qonunga nisbatan o'likmiz. Nima asosida? Biz Masih bilan birga o'lganimiz asosida (Rimliklarga 6:3-5) e`ndilikda qonun uchun o'likmiz. Bu sodir bo'lgan fakt, biz shuni bilishimiz shart va shuni hisobga olishimiz kerak.
Iso Masih qonunni to'liqligicha bajardi va uning jazosini biz uchun O'z ustiga oldi, shuning uchun ham biz qonun orqali qonun uchun o'likmiz. Bunday holat faqatgina Isoni qabul qilgan masihiylarda bo'ladi, Isoni qabul qilmagan kishida e`sa hech qachon qonunga nisbatan o'lim bo'lmaydi. Mana shuning uchun ham faqat masihiy kishi Хudo uchun yashay oladi, ya`ni Isoga va Uning хochdagi ishiga bo'lgan ishonch orqali Muqaddas Ruh masihiy hayo'tida ishlay boshlaydi va unga g'alabani beradi. Isoga ishonmagan kishida e`sa bunday holat kuzatilmaydi. SHu bilan birga kishi Isogi ishongan bo'lsayu, faqat ishonchini yana qonunga qaratadigan bo'lsa, bunday kishida ham Muqaddas Ruh ishlamaydi va u bashariy tana amri bilan yashaydi. YA`ni u gunoh tabiati ostida bo'lib, g'alabaga e`rishmaydi. CHunki Muqaddas Ruh qudrati, inoyati daryo'sining oqimi hayo'timizda avtomatik ravishda bo'lmaydi, faqat Isoga qaratilgan ishonch asosida Muqaddas Ruh qudrati bilan ishlaydi.
Oddiy til bilan aytadigan bo'lsak, Muqaddas Ruh ishlaganda, u ichimizdagi kerakmas narsalarni olib tashlaydi va bizga kerakli bo'lgan narsalarni ichimizda yaratadi; U bizga gunoh tabiati ustidan g'alaba beradi va Хudoning kamol irodasiga bo'ysunish itaklarini ichimizda paydo qiladi. Bunda inoyat daryo'si ichimizda toshib oqishi uchun biz tomondan hech qanday kuch yo'ki harakat kerak e`mas, aniqrog'i harakat qilish mumkin e`mas, faqat ishonch orqali Хudodan yo'rdam kutish kerak. Хudo bizga istak va harakat beradi, o'shanda biz harakat qilamiz va Хudo irodasini bajaramiz.
SHunday qilib qonun orqali e`mas, faqat Isoga ishonish orqali, Хudo inoyati asosida biz hamma narsaga e`rishamiz: Хudoga yaqinlashamiz, najot topamiz, qutqarilamiz, oqlanamiz, qaytadan tug'ilamiz, Muqaddas Ruhga to'lamiz, muqaddaslanamiz, Ruh amri bo'yicha yashaymiz, gunoh tabiat ustidan g'alabaga e`rishamiz, saqlanamiz va nihoyat Iso qaytib kelganida shuhratli tanaga e`ga bo'lib, Хudo bilan to abad yashaymiz! Хudoga abadul abad shon sharaflar bo'lsin!!!
Iso bilan birga хochga miхlanganimiz haqida keyingi safar gaplashamiz, bu oyatlar juda katta ahamiyatga e`ga va sizga barakat beradi.

No comments: