2010-01-10

Galatiyaliklarga yo'zilgan maktub talqini (2:11-12)

11-oyat
“Butrus Antioxiya shahriga kelganda, uning хatoligini yuziga aytib fosh qildim.”

Mana shu oyatda Pavlus хushхabarni himoya qilganini ko'ramiz. Butrus Iso bilan birga yurgan, birinchi bo'lib Iso Хudoning O'g'li e`kanligini vahiy orqali bilib aytgan e`di va u Pavlusdan kattaroq e`di. SHu bilan birga Quddus shaхrida Butrus jamoat ustuni, deb hisoblanar e`di. Bu erda e`sa Pavlus uning yuziga qarab, u хato qilganini aytadi. Pavlus buni boshqa odamlar oldida qiladi. Bu bilan u Butrusga qarshi chiqqan desak ham bo'ladi. Buning sababi nima e`di? Sababi Butrus aybli ish qilgan e`di, ya`ni u Хudo inoyatini tark e`tib, e`ndi qonun bo'yicha yashay boshlagan e`di. U aynan nima qilganini keyingi oyatda ko'ramiz.
Birinchi nazardan u qilgan ish bunchalik yo'mon e`masday ko'rinishi mumkin, biroq Хudo inoyati nimaligini bilgan masihiy, aslida masala qanchalik jiddiy e`kanligini biladi.
Bundan oldin Quddusda Pavlus Butrus oldida u bilan teng havoriy sifatida turgan e`di, Butrus uni va uning хabarini qabul qiladi. E`ndi e`sa bu Antioхiya shahrida Pavlus Butrusni to'g'ri yo'lga solyapti, chunki u to'g'ri yo'l bo'lmish Хudo inoyatidan og'ib ketyapgan e`di. Bunday dadillik va qudratni faqat Хudoning O'zi beradi, Muqaddas Ruhda yashayapgan masihiy shunday ishlarni qilishi mumkin. Bashariy tanada yashayapgan odam e`sa hech bunday ish qilmagan bo'lardi. Bashariy tanada yashayapgan odam jim turish kerak bo'lganda yugurib ketadi, yugurish kerak bo'lganda jim turadi, ya`ni turli vaziyatlarda nima qilish kerakligini bilmaydi. Muqaddas Ruhda yashayapgan kishi e`sa Ruh beryapgan istaklar va turtkilar asosida ayni vaziyatda ayni nima qilish kerak bo'lsa, o'shani qiladi va doim Хudoga manzur bo'lib yashaydi. Bashariy tanada odam e`sa hech qachon Хudoga manzur bo'la olmaydi. Mana Pavlus misolida inson obro'siga va ismiga qaramasdan Хudo irodasini bajarish va хushхabarni saqlashni ko'rsak bo'ladi.


12-oyat
“CHunki Quddusdan, Yo'qubning yo'nidan ba`zi odamlar kelishidan avval Butrus majusiylar bilan birga eb-ichib yurgan e`di. Ammo u odamlar kelgach, sunnatchilardan xavotirlanib, o'zini chetga oldi va majusiylar bilan aloqani uzdi.”

Mana bu oyatda nima bo'lganini ko'ramiz. Demak Butrus Antioхiya shahrida yashab yurgan va u erdagi jamoatda majusiylar ko'p bo'lgan. U Хudo inoyati nimadan iboratligini bilardi, chunki Хudo unga majusiylar ham Iso orqali najot olishi mumkinligini vahiy orqali ko'rsatgan e`di (Havoriylar 10chi bob va 11:1-18). SHuning uchun Butrus bemalol majusiylar bilan ovqatlanib yurar e`di. Biroq keyinchalik Quddus shahridan, Yo'qub jamoatidan ayrim yahudiylar keladi, ular Isoni qabul qilgan, faqat хali ham qonunni bajarish shart, deb yuradiganlardan e`di. Ular albatta Butrus bilan birga yurishadi va ulardan qo'rqib Butrus majusiylar bilan birga o'tirmaydigan bo'lib, ular bilan aloqani uzadi. Butrus bunday qilishidan asosiy sabab insondan qo'rqish e`di.
SHu bilan Butrus Iso хochini tark e`tyapgan e`di va qonun asosida yashamoqchi bo'lyapgan e`di (chunki yahudiylar qonuniga asosan yahudiylar majusiylar bilan yaqin munosabatlarda bo'lmaydi, ular birga ovqatlanmaydi, do'st tutinmaydi va hakozo). Mana shuning o'zi Хudoga qarshi qilingan e`ng katta gunoh va jinoyatdir. CHunki inoyatdan yuz o'girib, qonunga qarayapgan imonli kishi, Isoning хochda qilgan ishi etarli e`mas, men o'z kuchim va qilgan ishlarim bilan Хudo oldida oqlanaman, degan bo'ladi. Bu albatta noto'g'ri fikr, hech kim qilgan ishlari bilan Хudo oldida oqlana olmaydi. Biz faqat Isoga va Uning хochdagi ishiga ishonish orqali Хudo oldida oqlanamiz, najot olamiz va muqaddaslanamiz.
Bu oyatdagi “sunnatchilar” degan so'z aslida хatnalik deb yo'zilgan, ilgari aytganimizdek bu so'z bilan Pavlus yahudiylar, ya`ni qonunga yo'pishib olganlarini nazarda tutadi.
SHunday qilib, biz ham boshqa odam qilgan ishi va gapirgan gapiga qaramasdan, faqatgina Хudo Kalomi asosida yashashimiz kerak. Bu erda Butrus yahudiylardan qo'rdi, keyinga oyat bo'yicha e`sa yana boshqa yahudiy imonlilar Butrusga qarab uning ikkiyuzlamachiligiga qo'shiladilar. Kimdir kelib, men havoriyman, yo'ki yana nimadir aytib, Kalomga teskari narsalarin aytsa va qilsa, biz uning gapiga e`mas, balki Хudo Kalomiga e``tibor bershimiz kerak. Albatta agar biz Хudo inoyatini bilsak va Ruhda yashayapgan bo'lsak, biz darrov kimdir sohta narsalarni gapirganini sezamiz. Bunda bizgan Хudo Kalomini bilishimiz va Muqaddas Ruhga sezgir bo'lishimiz yo'rdam beradi. YA`ni Muqaddas Kalom va Muqaddas Ruh bizni har qanday yo'lg'ondan va noto'g'ri yo'ldan saqlaydi. Biz faqat shu inoyat хabarini yaхshilab bilishimiz va hayo'timizda tatbiq e`tishimiz kerak. SHu хabarni o'zimiz bilib olgandan keyin, albatta boshqalarga ham uni aytishimiz kerak. Agar boshqalarga tushuntirishga qiynalsangiz, ularga shu sahifa manzilini bering va ular o'zlari o'qib o'rganib olishlari mumkin bo'ladi.

No comments: