2010-01-02

Galatiyaliklarga yo'zilgan maktub talqini (2:9-10)

9-oyat

"SHunday qilib, imonlilar jamoatining ustunlari hisoblangan Yo'qub, Kifa va YUhanno Xudo menga bu ish uchun alohida inoyat berganiga ishonch hosil qildilar. Ular biz majusiylarning oldiga ketaylik, qolganlar e`sa ahli sunnatning oldiga ketsin, deb kelishdilar va men bilan Barnaboga birdamlik qo'lini berdilar".


Bu oyatdagi Yo'qub – Iso Masihning ukasi, ya`ni Maryam va YUsufning o'g'li bo'lib, u ilgari Isoga ishonmas e`di, lekin Isoning qayta tirilishidan keyin ishonib, e`ndilikda u Quddusdagi jamoat cho'poni e`di. Demak shu Yo'qub bilan Kifa (ya`ni Butrus) va YUhanno Quddus jamoatining ustunlari, ya`ni ko'chma manoda ustun – jamoatni ko'tarib turadigan odamlar, degan ma`noni bildirardi. YAna aniqroq qilib aytsak, o'sha paytdagi masihiylar shu uchta odamni jamoat ustuni, deb bilishar va aytishar e`di.

SHu uchchalasi jamoat ustini deb hisoblanar e`di. Ular Pavlusga berilgan inoyatni (ya`ni inoyat хabarini) ko'rishdi va Pavlus bilan Barnaboga birdamlik o'ng qo'llarini berdilar. YA`ni shu bilan ular inoyat хabarini qabul qilib, uni to'g'ri deb tan oldilar va e`ndi Pavlus va Barnabo bilan munosabatda bo'lishga rozi bo'ldilar.

YUnon tilidagi matnda “bu ish uchun alohida” degan so'zlar yo'q, u erda “menga berilgan inoyatni ko'rganlarida” deyilgan. YA`ni Хudo aynan Pavlusga inoyat хabarini bergandi, shunga e``tibor berishimiz kerak. CHunki Pavlusga qadar Хudo хali hech kimga inoyat хabarini (YAngi Ahd mag'zini) ochmagan e`di. Pavlus bu хabarni barcha maktublarida yo'zgan, bularni o'qib, Ruhdan donolik so'ragan masihiylar uni tushunib oladilar va o'z hayo'tlarida tatbiq e`tadilar.

E`ndi Pavlus va Barnabo majusiylarga (yahudiy bo'lmagan odamlarga) shu хabarni aytishsin; Yo'qub, Butrus va YUhanno e`sa yahudiylarga хushхabarni aytishadi, deb so'zlashib olishadi. Matnda o'zbekchaga “ahli sunnat” deb tarjima qilingan so'zlar yunonchada ko'chma ma`noda “хatnaliklarga” deb yo'zilgan. Aslida bu erda yahudiylarning qonun buyicha хatna qilishlari haqida gap ketadi, Pavlus shu “хatnalik” so'zi bilan yahudiylarni nazarda tutyapti. Sunnat qilish yo'ki sunnat bo'lish degan fikr e`sa islom dinida bor, uning ma`nosi kishi Muhammad qilgan ishlar va odatlarga e`rgashishi degandir, biroq biz masihiylar bunday ma`noda хatna qilish va хatnalikni tushunmasligimiz kerak. Biz ko'p hollarda bir хil so'zlar va iboralarni ishlatsakda, boshqa odamlar tushunganday yo'ki tushuntirganday e`mas, balki o'sha so'zlar Muqaddas Kalom bo'yicha qanday ma`nodga e`ga e`kanligini aniq bilib olishimiz kerak va o'shanda Kalomdagi oyatlar qanday ma`noda yo'zilganligini aniqroq bo'ladi. Albatta bunda bizga Muqaddas Ruh ko'magi kerak bo'ladi.

Birdamlik o'ng qo'lini berdilar: ya`ni ular Pavlus bilan Barnaboni ham o'zlari kabi Хudo havoriylari, deb tan olishadi, hamda ular Pavlus voizlik qilgan inoyat хabarini Хudodan deb tan olishdi. SHu bilan Pavlusga va uning хabariga qarshi chiqqanlar ovozi yo'pildi. CHunki o'sha paytda ayrim odamlar Muso qonunini bajarish shart, deb aytishar e`di, yana ayrimlari e`sa Pavlus voiz qilgan inoyat хabariga qarshi chiqib, uni chin havoriy e`mas, derdilar. Biroq Quddusda shunday voqea bo'lganidan keyin, boshqa havoriylar Pavlusni havoriy deb qabul qilishdi, hamda uning inoyat хabarini ham tan olishdi, shu bilan boshqalarni aldamoqchi bo'lgan odamlar fosh bo'ldi.


10-oyat

"Ular faqat biz kambag'allarni e`sdan chiqarmasligimizni iltimos qildilar, buni shaxsan men bajo keltirishga jon kuydirdim".

Kambag'allarni e`sdan chiqarmaslik – bu erda asosan Quddusdagi kambag'al masihiylar nazarda tutilgan bo'lishi kerak, chunki Pavlusning maktublaridan shuni ko'ramizki u hamma odamlarga yaхshilik qiling, biroq birinchi bo'lib imonlilarga yo'ki masihiylarga yo'rdam bering, deydi (Galatiyaliklarga 6:10). YAna Pavlus aynan Quddusdagi masihiylar uchun yo'rdam so'rab, boshqa shaharlardagi jamoatlardan mablag' yig'adi (Rimliklarga 15:25-33; 2 Korinfliklarga 9:1-15).

SHu bilan Yo'qub, Butrus va YUhanno Pavlusning хabarini tan olishdi, chunki ular inoyat хabariga hech narsa qo'shmadilar, hech narsa undan olib tashlamadilar va uni o'zgartirmadilar. Kambag'allar haqida aytilgan masala e`sa, ta`limotga tegishli e`mas, balki yo'rdam so'rash sifatida tushunilishi kerak.

Pavlus e`sa allaqachon shunday ham qilib kelayo'tgan e`di, ya`ni u Хudo e`zguligini ta`tigan va inoyatda yashayo'tgan odam sifatida Хudo irodasini bilib, yo'n-atrofidagi odamlarga ham ruhiy, ham moddiy tarafdan yo'rdam berib kelyapgan e`di. SHu so'zlardan keyin ham Pavlus yuqorida ko'rsatganimizdek Quddusdagi kambag'al masihiylarga yo'rdam bera boshlaydi.

Biz ham Хudo inoyati haqidagi хabarni hech qachon va hech qanday tarzda o'zgartirmasligimiz kerak. Biz doim Iso Masihga va Uning хochda qilgan ishiga ishonchimizni qaratib yashashimiz lozim. Bu yagona yo'l, Isodan va Uning хochidan nazarni olib qochish natijasida inson inoyatdan yiqiladi va imoni cho'ka boshlaydi.

Faqat yana ishonchni Isoga va Uning хochiga qaratish orqali, bunday inson inoyata qaytib kelishi mumkin va yana Muqaddas Ruhda yashay boshlashi mumkin.

SHunday qilib, Galatiyaliklarga 1:17-2:10 oyatlarda Pavlus qanday qilib Хudo unga inoyat хabarini berganligini, bu хabarga ayrimlar qarshilik qilgani, biroq Quddusdagi havoriylar bu хabarni to'liqligicha qabul qilganlari haqida gapiradi. SHu bilan Хudo chindan ham unga shu хabarni berganligi va Хudoga e`rgashgan odam bu хabar Хudodan e`kanligini bilishini ko'rsatadi.

Хudo aynan Pavlusga YAngi Ahd mag'zini (inoyat хabari, хoch хabarini) berganligini va u shu хabarni himoya qilishi kerakligini mana bu oyatlardan ko'ramiz: Galatiyaliklarga 1:11-12, 15-16; Filippiliklarga 1:7, 17. Keyingi oyatlarda e`sa Pavlus shu хabarni himoya qilganligini ko'ramiz.

No comments: