2008-10-04

Xudo Kalomini buzganlar holiga voy!

“E'y ulamoyu farziylar, munofiqlar! Osmon Shohligini insonlarga bekitib qo'yganingiz uchun holingizga voy! O'zlaringiz ham unga kirmayapsizlar, kirmoqchi bo'lganlarga ham yo'l qo'ymayapsizlar. Hoy ilonlar, zaharli ilon zotlari-ey! Jahannam jazosidan qanday qilib qutularkansizlar?” (Matto 23:13, 33).

Bu bobda biz ko'rayapgan Iso xozirgi kun jamoatlarida aytilgan yoki zamona zaylida aytilgan Iso e'mas. Chunki bu bobdagi Iso o'sha kundagi va'zxonlarga qaratib sakkiz marta “holingizga voy” deb aytadi. Juda dahshatli so'zlar bilan ularni jahannamga mahkum qildi.
Birinchi o'n ikkita oyatlarda Iso O'z shogirdlari va xaloyiqqa qarab gapiradi; qolgan oyatlarda e'sa U ulamolar va farziylarga qaratib gapiradi, qaysikim Isroilning o'sha davrdagi diniy rahbarlar e'di.
Ular “Muso minbarida o'tiribdilar” degani, ular Muqaddas Kitobning rasmiy qo'riqchilari va o'qituvchilari degani e'di. Lekin buning o'rniga ular Xudo Shohligini yopib qo'yib, uning kalitini, ya'ni Muqaddas Kitobni olib qo'ygan e'dilar, holbuki ular oddiy xalqqa Muqaddas Kitobni bermasdan, o'z urf-odatlari bilan uni bekor qilishgan e'di.
Hozirgi kunda Muqaddas Kitob hujum ostida, ilgarigi bunchalik qattiq hujum bo'lmagan. E'ndi (ayniqsa g'arbiy mamlakatlarda) Kitobni ustidan kulibgina qolmay, balki odamlar uni buzishga harakat qilishyapti. Ko'plab tarjima deb atalmish kitoblar chop e'tilyapti, biroq ular aslida Kalomni Xudo atganday e'mas, balki matnni istaganlaricha ifodalab, o'z fikrlari bilan yozyaptilar. Buning natijasida ko'pgina imonlilar (agar ularni umuman imonli, deb aytolsak) Xudo Kalomida aslida nima yozilganini deyarli bilishmaydi.
Xudo Kalomini buzyapgan odamlarga qaratib “ilonlar”, “munofiqlar yoki ikki-yuzlamachilar” va “qora ilon” deyish mos bo'larmikan?
Shu bobning o'ttiz ettinchi oyatida yozilgan so'zlar qanchalik hiss-tuyg'ulidir! Isroil Xudosi O'z ma'badida turibdi. U birdaniga mana shu ko'r va nopok munofiqlardan yuzini o'giradi. Uning yuzi va ko'zlarida yonib turgan gunohsiz g'azab birdaniga hasrat va shafqatga aylanadi. Shunda U qo'llarini yonga cho'zib, Uning to'g'risida cho'zilib yotgan shaharga qaraydi va “O, Quddus, Quddus! .. Men ham sening bolalaringni necha bor shunday to'plamoqchi bo'ldim,” deb xitob qiladi.
Keyin yana bir bor farziylarga qaratib, “Mana, sizning uy-joyingiz huvillab qoladi” deydi-yu, shu bilan ma'baddan chiqib ketadi.
Odamlar ma'baddan oddiy bir odam chiqib ketganini ko'rdilar, lekin farishtalar shuhratli Xudoni va Xudo shuhratini ma'abaddan chiqib ketganini ko'rdilar. Xudo shuhrati Sulaymon ma'badi ichida bo'lar e'di; lekin ikkinchi ma'abdda shuhratli Xudoning O'zi ma'badda yashar e'di, bu haqda Haggay payg'ambar bashorat qilgan e'di!

Siz-chi, siz nimani tanlaysiz? Xudo Kalomini buzasizmi yoki uni Xudo aytganiday qabul qilib, o'qiysizmi?
O'zingiz qaror qiling, lekin men Xudo bergan Muqaddas Kitobga ishonaman va u erda yozilgan narsalar asosida yashayman, bunda Xudo menga quvvat beryapti, shuning uchun Xudoga hamdu-sanolar bo'lsin!

No comments: