2008-06-15

Soxta payg'ambarlardan e'htiyot bo'linglar!

“Soxta payg'ambarlardan e'htiyot bo'linglar! Ular sizning oldingizga qo'y kiyimida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich bo'rilardir.” (Matto 7:15)

Yuqorida keltirilgan oyatlarda yolg'onni va'z qiladigan odamlar haqida gap ochildi; ular Iso Masihni va U xochda qilgan ishini rad e'tishadi; ular haqiqatni va'z qiladigan va'zxonlarga qarama-qarshi turadi.

Bunday soxta o'qituvchilarning ma'naviy mevasi jamoatda ham, dunyoda ham buzuqlikdan iborat bo'ladi. Bunday odamlar tashqi ko'rinishi va fe'l-atvori yoqimli bo'lishi mumkin, biroq nima bo'lganda ham, ular gunoh qullaridir. Soxta va'zxonlar ilgari suradigan barcha yolg'on ta'limotning asosida xochni noto'g'ri tushunish yotadi. Xochda qilingan ish haqidagi ta'limot poydevor yoki asosdir va hamma ta'limotlar (doktrinalar) mana shu poydevor ustida o'rnatilishi yoki qurilishi shart (1-Butrus 1:18-20); agar qandaydir ta'limot shu poydevor ustida qurilmasa, u baribir qaysidir joyida mustahkam bo'lmaydi. Agar jamoatda xoch to'g'ri tushunilmasa, buning natijasida yolg'on ta'limot va yolg'on payg'ambarlar paydo bo'ladi.

Rabbimiz Iso Masih Matto yozgan xushxabarining 7-bobida yomon daraxtdan yaxshi meva kelmaydi, deb aniq-oydin aytgan e'di (Matto 7:15-20). Buning iloji yo'q! Boshida daraxt chiroyli bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin oxir-oqibati baribir achinarli bo'ladi.

Qanday qilib biz yolg'on payg'ambarlarni tanisak bo'ladi?

Iso allaqachon buni bizga aytgan e'di! “Shunday qilib, soxta payg'ambarlarni mevalaridan bilib olasizlar.”

Yolg'on yo'l doim diniy ishlar tizimi bilan to'lib-toshgan bo'ladi. Yolg'on yo'lga qul bo'lgan odamlar ham har doim o'z dinining ishlarini bajarish bilan band bo'ladilar; shuning uchun tashqi qizg'in faoliyat bo'lishi yolg'on yo'l uchun tabiiydir, biroq ularda ichki o'zgarish, ya'ni “ruhiy o'sish” umuman kuzatilmaydi va yo'q bo'ladi. Qachonki kishi ishonchini faqat Iso Masihga va U bizning o'rnimizda xochda amalga oshirgan yakunlangan ishiga qaratsa, o'shanda haqiqiy ruhiy o'sish paydo bo'ladi.

No comments: