2008-05-21

Sinov va vasvasa haqida

“O'shanda Iso, iblisning sinovidan o'tish uchun Muqaddas Ruh tomonidan sahroga olib borildi.” (Matto 4:1)

Birinchi Odam bog'da sinalgan e'di; ikkinchi Odam, oxirgi Odam e'sa sahroda sinovdan o'tdi.

“Sinaldi” degani “imtihondan o'tish” demakdir. Odam o'z gunohsizligida sinalgan e'di; Iso e'sa O'zi gunohsiz bo'lsa ham, yaxshi va yomonni bilgan holatida sinalgan e'di. Masih bu dunyoning qayog'u va yovuzlik sahrosiga kelib, to'liq itoatkorlik va tobelik hayotini namoyon qildi. Shuning uchun Isoning komil itoatkorligi va tobeligi sinovdan o'tishi kerak e'di. Sinov nimadan iborat e'di? Iso Otasining irodasidan (istagidan) boshqa irodaga e'ga bo'lishi mumkin e'mas e'di; shu bilan birga U Otasining irodasini qabul qilib, undan zavq olishi kerak e'di, buning oqibatida Unga nima bo'lishidan qat'iy nazar. Biz shuni e'sda tutishimiz kerak!

Shu itoatkorlik va tobelikni shayton vayron qilmoqchi bo'lgan e'di. Shuning uchun u Isoni Xudo O'g'li, Masih va Inson O'g'li sifatida O'z imtiyozlaridan foydalanishga taklif qildi, O'z foydasini ko'zlab mo''jiza yaratishga undadi, O'zini Isroilga namoyon qilishga va Unga va'da qilingan dunyo hukmronligini qabul qilishga undadi. Biroq shayton maqsadiga e'risha olmadi!

Isoning sinovi qanday tarzda bo'lgan bo'lsa, hamma sinovlar ham shunday tarzda o'tadi. Amalga oshirilgan harakat (ish) haqiqiy sinov (vasvasa) natijasidir. Barcha sinov (vasvasa) insonni Xudo irodasidan tashqariga chiqishga undaydi. Ko'pincha biz sababga qaramasdan, harakatga e''tibor beramiz. Shunday qilib biz adashgan bo'lamiz. E'ng achinarlisi shuki, bunday ish tutish orqali biz g'alabaga e'risha olmaymiz.

Iso shaytonga qarshi chiqqani kabi biz ham xuddi shunday ravishda shaytonga qarshi chiqa olmaymiz. Biz shunday qila olamiz deb o'ylasak, noto'g'ri fikrlagan bo'lamiz. Sinovdan (vasvasadan) ozod bo'lishning yagona yo'li Masih xochda qilgan ishiga nazar tashlashdir. Bundan boshqa ozod bo'lish yo'li yo'qdir. Chunki Iso bizning o'rnimizni oldi, O'zining komil hati va komil qurbonligi orqali zulmat kuchlari ustidan g'alaba qozondi.

Pavlus shunday degan e'di: “Bizga qarshi yozilgan, mahkumligimizni bildiruvchi aybnomani Xudo o'chirdi, ya'ni uni Masih bilan birga xochga mixlab, kuchdan qoldirdi. O'sha xoch orqali ruhiy hokim va hukmronliklar ustidan ham g'alaba qozondi. Ularning qurol-yarog'ini olib qo'ydi-da, ularni O'zining tantanali yurishida yurgizib, rasvoi olam qildi.” (Kolosaliklarga 2:14-15).

Iso Masihga va Uning xochdagi ishiga ishonish, hamda ishonchimizni shu ishga qaratish orqali biz g'alabaga e'risha olamiz, bundan boshqa yo'l yo'qdir va bundan boshqa yo'l kerak ham e'mas.

No comments: